Informatika

Kompyuterlar haqida qiziqarli faktlar

Biz sizlarni foydalanuvchilarning aksariyati bilmaydigan g‘ayrioddiy va hayratlanarli faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

• CD’larning hajmi 720 MBni tashkil qilgan. Bu, albatta, aniq bir sababga ko‘ra o‘ylab topilgan. Aniqrog‘i, ishlab chiquvchilar ushbu qiymat uchun Betxovenning to‘qqizinchi simfoniyasi (72 daqiqa) davomiyligini asos qilib olishgan.

•Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.•1982-yilda “smaylik“ belgisi ro‘yxatga olingan, u aloqa jarayonida tabassumni ifodalash uchun ishlatilgan.

• Internet orqali yuborilgan barcha elektron xabarlarning qariyb 70 foizi spamdir.

• GameStation o‘yinlarini ishlab chiquvchilar, uning mahsulotlarini o‘rnatayotganda ruxsat berish so‘raladigan savollarni foydalanuvchi o‘qishi yoki o‘qimasligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Buning uchun ular punktga «Siz do‘konga joningizni berasiz» bandini qo‘shib qo‘yishdi. Aniqlnishicha, bir necha ming foydalanuvchi buni sezmagan.

• Linux operatsion tizimining kompaniya belgisi – pingvin. Chunki bu sistemani yaratuvchi shaxsni yoshligida zooparkda pingvin tishlab olgan.

• Kompyuterda «con» nomi bilan papka yaratish mumkin emas (sinab ko‘ring!).• Faqat Rossiya va SSSRning sobiq davlatlarida @ bu belgi «kuchukcha» deb nomlanadi. Boshqa mamalakatlarda esa bu belgini «shilliq qurt» yoki «maymuncha» deb nomlashadi.

• Shveysariyada katta hajmli ma’lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iluq turadi.

• 1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan. Uning monitor ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan (hozirgi mobil telefonlarniki kabi).

• Barcha eski domen zonalarida uch harfli bo‘sh domenlarni topish imkonsiz.

• Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan foydalanadi, xolos.

• Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

WordPress Themes